SportUz.Net

Ergashevning sobiq raqibi Matias yana nokautli g'alaba qayd etdi (VIDEO)

02.03.2025 18:03    


Rasmni yuklab olish

Birinchi yarim o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, puerto-rikolik Sabriel Matias Meksika vakili Gabriel Valensuela ustidan g'alaba qozondi.

Matias jangning sakkizinchi raundi davom etayotgan bir pallada Valensuelani nokautga uchratdi va navbatdagi g'alabasini rasmiylashtirdi.

Bu jangdan keyin Sabriel Richardson Xitchinsga tegishli IBF chempionlik kamari uchun majburiy davogarga aylandi.

Yodingizda bo'lsa, SHohjahon Ergashevning sobiq raqibi bo'lmish Matias 2024 yil iyun oyida Liam Paroga IBF kamarini yutqazib qo'ygan edi. SHundan keyin Sabriel avval Roberto Ramiresni, endi esa Gabriel Valensuelani muddatidan oldin taslim etdi.





Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: