
Shu yilning 10 iyulidan 11 iyuliga o‘tar kechasi Las-Vegasdagi "T-Mobile Arena"da "UFC 264" musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaning asosiy jangida Konor MakGregor va Dastin Pore o‘zaro to‘qnashadi. Bu ular o‘rtasidagi uchunchi jang bo‘lib, dastlabkisida Konor g‘alaba qozongan. Ikkinchi jangda esa Pore raqibini nokautga uchratgandi.
"UZREPORT" TV muxlislarning qiziqishini hisobga olgan holda "UFC 264" turnirining O‘zbekiston hududidagi eksklyuziv translyatsiyasi huquqini xarid qildi.
Shuningdek, "UFC 264" turniridan mos ravishda Gilbert Byorns va Stiven Tompson, shuningdek, Tay Tuivasa va Greg Xardi o‘rtasidagi janglar ham o‘rin olgan.
Mazkur musobaqaning jonli translyatsiyasi "UZREPORT" TV telekanalida 11 iyul kuni ertalab Toshkent vaqti bilan soat 05:00da boshlanadi.
43 yildan beri bir oila boshqarib kelayotgan WBA prezidentligi uchun saylov o'tkazildi