SportUz.Net
photo photo

Naoya Inoue bu yil AQSH, Yaponiya va Saudiya Arabistonida jang qiladi

05.02.2025 14:54    


Rasmni yuklab olish

The Ring nashri tarqatgan xabarga ko'ra, ikkinchi eng engil vaznda mutlaq chempion bo'lib turgan yaponiyalik Naoya Inoue keyngi jangini WBS yo'nalishi bo'yicha davogar, meksikalik Alan Pikassoga qarshi o'tkazadi.

Inoue — Pikasso jangi shu yilning iyun oyida AQSHning Nevada shtati, Las-Vegas shahrida tashkil etiladi.

Bu Inouening Riyadh Season bilan hamkorlikdagi ilk jangi bo'ladi. Uning reja bo'yicha ikkinchi bahsi sentyabr oyida Yaponiyada, uchinchi bellashuvi esa dekabr oyida Saudiya Arabistonida tashkil etilishi kerak.

Malumot uchun, o'zbekistonlik Murodjon Ahmadaliev ikkinchi eng engil vazn toifasida WBA Interim kamari sohibi va ayni paytda Naoya Inouening chempionlik kamari uchun majburiy davogar sanaladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: