
"Bu yigit juda xavfli, biz buni juda yaxshi bilamiz. Jairzino kabi Lyuis ham zarba beradigan bo'lsa, sen qulaysan. Bu esa juda xavfli. Men esa unga zarba berishiga imkon bermasligim kerak. Bu uchun menda hamma narsa bor.
Ko'pchilik Derrik Lyuisda jangchi intellekti etishmasligini aytadi. Ammo, Derrek o'zida nima bo'lsa, shundan oqilona foydalanadi. Men Lyuisga Volkov qilgandek bosim qilaman. Jiddiy bosim qilishni reja qilganman. Ko'ramiz, bu reja qanchalik o'zini oqlarkin", -dedi Siril Gan.
Eslatib o'tamiz, Siril Gan va Derrik Lyuis o'rtasidagi jang 7 avgust kuni UFC 265 turnirining asosiy jangi sifatida o'tkaziladi.