SportUz.Net
photo photo

Muhiddin Mamajonov: "Bu safar uni nokaut qilaman"

03.02.2025 09:39    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Muhiddin Mamajonov navbatdagi jangi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Hamyurtimiz 23 fevral kuni Olma-Ota (Qozog'iston) shahrida bo'lib o'tadigan Octagon 70 turniri doirasida tojikistonlik Fazliddin Madrahimovga qarshi bahs olib boradi.

"Bundan avvalgi jangimga ham juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgandim. Hozir xatolarim ustida yana ham ko'proq ishlayapman. Hammasi jangda hal bo'ladi. Ayni paytda nimadir deyish qiyin, lekin revanshda nokaut qilishga harakat qilaman", dedi Mamajonov.

Eslatib o'tamiz, ikki sportchi 2024 yilning 29 dekabr kuni Toshkentda o'tkazilgan Octagon 68 turnirida o'zaro jang qilgandi. O'shanda Madrahimov ochkolar hisobiga ko'ra bahsli g'alabaga erishgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: