
"O'tkazgan yilimdan roziman. Lekin Migel Parraga qarshi jangimdan ko'nglim to'lmadi. Sababi, bu jang ochiq osmon ostida bo'ldi. Bu bahona emas, shunchaki tahlil. Okean oldida ilk bor urushdim. SHu sababli ring ancha nam va sirpanchiq edi. Mening uslubim esa asosan oyoq harakatlariga bog'langan. U jangda oyoq bilan umuman ishlay olmadim. Bu 50 % kuch ketdi degani. Oyoq bilan ishlay olmaganim tufayli o'zimdan qoniqmadim. Bu oddiy jang edi, aqliy taktika ishlatib bo'lmadi. Uni ishlatish uchun menga oyoq kerak edi. Lekin u menda yo'q edi. Bundan tashqari, hakam ham 7-raundda mendan nokautni olib tashlagandi. O'shanda men ham hakamlarga, ham raqibga va ham ringga qarshi urishgan edim", deya kuladi SHahram G'iyosov.
SHahram G'iyosov bilan to'liq intervyuni tomosha qilishni tavsiya etamiz:
Bahodir Jalolov va Murodjon Ahmadaliev mashg'ulotlarni birgalikda davom ettiryapti (VIDEO)
Jeyk Pol - Entoni Joshua bilan jang haqida: "Men ikkita raundda g'alaba qozongandim"
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan intervyu