AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadigan bahsda unga chempion, braziliyalik Aleks Pereyra raqib bo'ladi.
U bo'lajak jang haqida o'z fikrini bildirdi.
"Braziliya, unga qiladigan ishlarim uchun kechirasan..." – deb yozdi Magomed Ankalaev o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Ankalaev so'nggi jangini UFC 308 turnirida avstriyalik Aleksandar Rakichga qarshi o'tkazgan va raqibini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan edi. Aleks Pereyra esa UFC 307 turnirida amerikalik Xalil Rauntriini to'rtinchi raundda texnik nokaut bilan enggan.