SportUz.Net
photo photo

"Intuit Dome" yong'inga qaramay UFC 311 turniri o'tkazilishini tasdiqladi

11.01.2025 16:06    


Rasmni yuklab olish

Los-Anjelesdagi "Intuit Dome" stadioni egalari shtatdagi o'rmon yong'inlari fonida rasmiy press-reliz elon qildi.

"NBA "Los-Anjeles Klippers" va "SHarlott Xornets" o'rtasidagi o'yin Los-Anjelesdagi yong'in sababli, davlat xizmatlari resursiga hurmat yuzasidan boshqa sanaga ko'chirilganini malum qildi. Jamiyatimiz va muxlislarimizning sog'lig'i va xavfsizligi asosiy maqsadimiz bo'lib qolaveradi. 

Ammo kelasi haftaga reja qilingan barcha tadbirlar o'tkaziladi. Dushanba kuni "Klippers" "Mayami Xit"ni qabul qiladi, chorshanba kuni esa "Bruklin Nets"ni. SHanba kungi oqshomda esa UFC 311 turnirida barchangizni ko'rishdan xursand bo'lamiz", - deyiladi stadion bayonotida. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: