SportUz.Net
photo photo

Ruslan CHagaev: "Vladimir Klichko haqiqiy erkak, Valuev esa hurmatga loyiq emas"

04.01.2025 14:12    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik sobiq jahon chempioni Ruslan CHagaev Nikolay Valuevga qarshi bekor bo'lgan ikkinchi jangi haqida gapirdi.

"Vladimir Klichko bilan jang... O'sha paytda men Valuev bilan revanshga tayyorlanayotgandim. Ammo u organizmimda "B" gepatiti borligini bahona qilib, jangdan qochib qoldi. To'liq tasavvurga ega bo'lishingiiz uchun - birinchi jangimiz oldidan ham tahlillarim shunday bo'lgan va u bu haqida bilardi. SHundan so'ng ham u buni muammo sifatida ko'rmagandi. 

Ikkinchi jangga kelib ham tahlil natijalarim o'zgarmadi, ammo uning jamoasidagilar Valuev kasal yuqtirib olishdan havotir olayotganini aytib, jangdan voz kechishdi. 

Vazn o'lchash marosimidan so'ng men kechki payt dam olishga yotdim. Ammo kechki 23:30da murabbiyim Timm xonamga kirib keldi. Men pastga tushdim. Jamoadoshlarim esa shunday deyishdi: "Valuev tomon jangni istamayapti. CHunki sen ularga kasal yuqtirib qo'yishing mumkin ekan". Men esa: "U ahmoqmi? U rozi bo'lgandiku?".


SHundan so'ng men 4-5 marotaba qon tahlilini topshirdim. Bu ko'payib ketganidan sog'lig'im yomonlashdi. Vazn o'lchashgacha barchasi joyida edi, keyin esa nima uchundir ular qo'rqib ketishdi. Menda ikki farzandim, ayolim bor - ularning barchasi sog'-salomat. Qonimda "B" gepatiti antigeni bor. Ammo men xech kimga yuqtirmayman. U qonimda bor, lekin u xavfsiz. SHunchaki men donor sifatida qon bera olmayman. To'g'risini aytaman - men Valuevni hurmat qilmayman.

Ikki haftadan so'ng menga jangi bekor bo'lgan Klichkoni taklif qilishdi. Men rozi bo'ldim. SHunday vaziyatda ham men Volodya Klichkoga hurmatimni aytmoqchiman. Ha yutqazdim. Ammo u jangdan keyin o'zini erkaklardek tutdi. Men mag'lubiyatimni to'g'ri qabul qildim. Ha yutqazdim, Volodyaga esa tasanno. 

Men xech narsa qila olmadim, u meni yutdi, o'zim istagan boksni namoyish eta olmadim. Unga nisbatan faqat hurmat bor. Valuevga esa inson sifatida ham, sportchi sifatida ham umuman hurmat yo'q", - dedi CHagaev. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: