SportUz.Net
photo photo

Rayan Garsiya jarrohlik stoliga yotadi

04.01.2025 11:03    


Rasmni yuklab olish

Birinchi yarimo'rta vazn toifasidagi amerikalik prof bokschi Rayan Garsiya (24-1, 20 KO) bilak qismidagi jarohati tufayli jarrohlik amaliyotini o'tkazishi kerakligini malum qildi.

"Men kechirim so'ramoqchiman. Kechirasizlar, bu jangning kechiktirilishiga sababchi bo'ldim. Bunga majbur bo'lib qoldim. Mashg'ulot chog'ida o'ng bilagimdan jarohat oldim va shifokorlar bilan gaplashganimdan keyin operaciya qilishim kerakligini bildim. 

Davolanish uchun biroz vaqt kerak. RIZIN va Fanmio'ga imkoniyat uchun rahmat aytmoqchiman va tez orada Yaponiyada jang qilish istagidaman. Bularning barchasi tuzalib safga qaytganimdan so'ng amalga oshadi. Anpo bilan boshlagan ishimizni oxiriga etkazish uchun qaytib kelaman, bunga kafolat beraman!", dedi Garsiya.

Qizig'i, ushbu jang aslida noyabr oyining oxirlarida o'tkazilishi kerak edi. Keyin 30 dekabrga belgilandi va mana yana jang nomalum muddatga qoldirildi. 26 yoshli Garsiya hamda yaponiyalik 29 yashar Ruki Anponing 2 daqiqadan iborat 8 raundlik jangi 69,4 kg vazn toifasida o'tkazilishi belgilangan.  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: