SportUz.Net
photo photo

Asu Almabaev Ramazon Temirov bilan bir oqshomda oktagonga chiqadi, raqib kamar uchun sobiq davogar!

04.01.2025 08:39    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi Asu "Zulfiqor" Almabaevning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.

U hamyurtimiz Ramazon Temirov bilan bir oqshomda oktagonga chiqadi. Asu 1 mart kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night 253 turnirida avstraliyalik Stiv Ercegga qarshi jang o'tkazadi.

Malumot uchun, 30 yoshli Asu Almabaev UFC promoushenida 4 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. O'tgan yilning oktyabr oyida hakamlarning yakdil qarori bilan Mateus Nikolauni mag'lubiyatga uchratgan edi. 29 yashar Stiv Erceg 2024 yilning mayida chempion Aleksandr Pantojaga ochkolar bo'yicha yutqazdi. Avgust oyida esa Kay Kara-Fransga texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy berdi.

Ayni paytda Asu Almabaev UFC reytingida sakkizinchi, Stiv Erceg esa to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi. Vegasdagi turnirning markaziy jangi o'ta engil vazn (57 kg) toifasida amerikalik aralash yakkakurash ustasi Brendon Royval hamda portugaliyalik Manel Kape o'rtasida bo'lib o'tadi. 

Eslatib o'tamiz, bahorning ilk kuni o'tkaziladigan ushbu turnirda hamyurtimiz Ramazon Temirov ham oktagonga ko'tariladi. Unga UFC reytingining 15-pog'onasini egallab turgan amerikalik CHarlz Jonson raqiblik qiladi. 

Agar Asu ham, Ramazon ham o'z janglarida g'alaba qozonishsa, yaqin kelajakda oktagonda o'zaro to'qnash kelib qolishlari mumkin. 

"Temirov o'zini juda yaxshi ko'rsatdi. Nokaut evaziga g'alaba qozondi. Qardosh xalqimiz vakiliga kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilayman. Vakt ko'rsatadi, hozirda hech narsa deya olmayman: u bilan jang qilamanmi yoki yo'q... UFC jang bersa - barchaga qarshi jang qilaveramiz. Umuman olganda, uning yuqori cho'qqilarga chiqishiga chin ko'ngildan tilakdoshman", - degandi Asu "Zulfiqor" Almabaev Ramazon Temirov haaqida. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: