Vakillarimiz umumiy hisobda 11 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritishgandi.
Ammo, musobaqadan bir necha kun o'tib, -71 kg vaznli bokschimiz Havasbek Asadullaevdan oltin medal olib qo'yildi. U final jangida qozog'istonlik raqibi - Ablayxan Jussupovni tishlab olgani uchun oltin medaldan mahrum qilingandi. SHundan so'ng Ablayxan Jussupov Osiyo chempioni sifatida elon qilingandi.
Lekin, bugun yana bir kutilmagan xabar tarqaldi. Bahslarda -63,5 kg vazn toifasida ishtirok etgan Adhamjon Muhiddinovning finalda mezbon bokschi, Tailand vakili Somchay Volngsuvan bilan jangidagi referining harakati ham protestga sabab bo'libdi.
SHuningdek, IBA -48 kg vazn toifasidagi final - SHodiyor Meliqo'ziev va Sanjar Tashkenbay o'rtasidagi bahsni ham qayta ko'rib chiqayotgan ekan. Yodingizda bo'lsa, o'sha finalda SHodiyor raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ygandi. Qozog'iston boks federaciyasi esa "o'sha vaziyatda nokdaun asossiz ravishda ochilgan va bu yakunda Meliqo'zievning g'alabasini taminlagan" degan mazmunda davo kiritgan.
Avvallari Osiyo chempionatida musobaqa yakunlanganidan so'ng natijalar o'zgartirish holatlari kuzatilmagan. Xar holda men bunday bo'lganini eslay olmayman.
Havasbek medaldan mahrum bo'lganidan so'ng ham, O'zbekiston terma jamoasi kumushlar hisobiga umumjamoa hisobida birinchi o'rinda qolgandi. Lekin negadir Osiyo boks konfederaciyasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida elon qilgan yangi reytingda Qozog'istonni birinchi o'ringa joylashtirdi.
Bunday "post" tabiiyki o'zbekistonlik muxlislarning etiroziga sabab bo'ldi va birozdan unga izohlar yozish funkciyasi o'chirib qo'yildi. Qozog'istonlik boks funkcioneri Aziz Kojambetov boshchiligidagi tashkilot (ASBC) matbuot xizmati balki bu jadvalda medallar sifati bo'yicha emas, soni bo'yicha qo'shnilarimizni birinchi o'ringa joylashtirgandir. Unday bo'lsa nima uchun 13 ta medal qo'lga kiritgan Ukraina uchinchi o'rinda emas? Tushunarsiz...
Keyinroq esa ASBC yuqoridagi jadvalni o'chirib tashladi va yangi reytingni joylashtirdi. Odatda bunday musobaqalarda eng avvalo medallar sifati inobatga olinadi va umumiy o'rinlar shunga qarab joylashtirilardi. Lekin quyidagi jadvalda...
Xulosa: O'zbekistonning World Boxing'ga qo'shilishi IBA va uning Osiyodagi bo'limi ASBCga ham yoqmagani aniq. Nima bo'lganda ham, O'zbekiston uchun Olimpiya o'yinlari ustuvor hisoblanadi va bundan buyon navbatdagi qadamlar aynan World Boxing tomon tashlanishi to'g'ri qaror hisoblansa kerak.
Aziz To'xtamurodov
"Uning xavfli hamda yovvoyi ekanini tushunib turibman" - Adesanya bo'lajak raqibi haqida