Bokschi o'zi tug'ilib o'sgan Sirdaryo viloyatining Baxt shahrida bo'lib turibdi.
U joriy yilning mart oyida vakant bo'lib turgan WBA kamari uchun amerikalik Raymond Ford bilan jang qilib, 12-raundda texnik nokaut orqali mag'lub bo'lgandi. Jangdan keyin Xolmatov oyog'idagi jiddiy jarohatini operaciya qildirdi.
Uzoq tanaffusdan keyin Xolmatov yana mashg'ulotlarga kirishdi. U 2025 yil avvalida Ford bilan revansh jangini o'tkazish niyatida.
Raymondning o'zi Otabekni mag'lub etganidan keyingi ilk himoya jangidayoq Nik Bollga kamarni topshirgan edi.