SportUz.Net
iks
ads

Xabib: "Men Sterling kabi chempion bo'lishni xohlamayman. O'ylaymanki, bu yil Yanga revansh beriladi"

29.06.2021 18:00    


Rasmni yuklab olish

Xabib Nurmagomedov Aljameyn Sterlingning yarim engil vazn toifasidagi sobiq chempion Petr Yan bilan jangda g'alaba qozongani haqida gapirdi.

Yan taqiqlangan tizza zarbasi uchun diskvalifikaciya qilingan edi.

"Men Sterling kabi chempion bo'lishni xohlamayman. U o'zi va uning jamoadoshlari ham ehtimol buni tushunishadi, lekin ular har qanday holatda ham uni qo'llab-quvvatlashga harakat qilishadi.

Men ularni tushunaman, raqibim jangda g'alaba qozonmoqda, keyin esa qoidani buzdi va men kamarni qo'lga kiritdim. Men bunday tarzda chempion bo'lishni istamayman.

Yan haqida gapiradigan bo'lsak, u katta xatoga yo'l qo'ydi. Ushbu xato uning kamariga tushdi. Ammo har qanday holatda ham, agar Petr topshiriqlarni to'g'ri bajarsa, xatolarini to'g'irlasa, bundan katta foyda ko'radi deb o'ylayman.

Avvalo, buning uchun u hech narsadan chalg'imasligi, kamargacha bo'lgan yo'lda faqat mashg'ulotlarga tashna bo'lishi lozim.

U faqat va faqat ishlashi kerak. O'ylaymanki, bu yil unga jang beriladi. Unga revansh beriladi deb umid qilamiz. U bunga loyiqdir.

Menimcha, bu harakat unga foydali bo'lishi kerak. Eng muhimi, u bu voqeani o'z foydasiga o'zgartirishi. U revansh olish uchun chiqib, Sterlingning kamarini ishonchli tarzda qo'lga kiritganda uning foydasiga yakunlanadi" - dedi Nurmagomedov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: