SportUz.Net
iks
ads

Nurmagomedov Maxachevga UFC chempioni bo'lish bo'yicha maslahat berdi

28.06.2021 22:40    


Rasmni yuklab olish

Xabib Nurmagomedov Islam Maxachevga tegishli kamar egasi bo'lishi uchun qanday maslahat berganini aytdi.

"SHuning uchun men Islamga aytdim: faol bo'lishing kerak. Sen shunchaki: menga har qanday jangchini bering, deb ayt. Barchaga qarshi kurash hamda jangni muddatidan oldin tugat. Va vaqti kelganda, sen kamar uchun kurashasan.

Senda ketma-ket etti g'alaba bor. Agar yana g'alaba qozonsang, sakkizta bo'ladi, agar yil oxirigacha boshqa jangda g'alaba qozonsang, to'qqizta bo'ladi. Va odamlar UFC'ni sen uchun titulli jang o'tkazishga majbur qilishadi", - dedi Nurmagomedov UFC Russia YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Maxachevning navbatdagi raqibi Tiago Moyzes bo'ladi, jang 17 iyuldan 18 iyulga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: