SportUz.Net
iks
ads

CHempionni nokaut qilgan Devis o'zi uchun uchinchi vaznda kamar sohibi bo'ldi

27.06.2021 11:00    


Rasmni yuklab olish

Bugun tongda AQSHning Jorjiya shtati Atlanta shahridagi "State Farm Arena"da professional boks kechasi bo'lib o'tdi.

Oqshomning markaziy jangi birinchi yarimo'rta vaznda WBA Regular chempioni Mario Barrios (26-0, 17 KO) hamda ikki vazn toifasida jahon chempioni Jervonta Devis (24-0, 23 KO) o'rtasida kechdi. 

CHempionlik jangi 11-raundda referi tomonidan to'xtatildi va texnik nokaut qayd etildi. Amerikalik 26 yoshli Devis raqibining jigar qismiga bergan kuchli va aniq zarbasi evaziga o'zi uchun uchinchi vazndagi kamar sohibiga aylandi. 

Malumot uchun, ayni paytda Jervonta Devis birinchi engil vaznda superchempion, engil vaznda esa WBO chempioni bo'lib turibdi. Bugun u birinchi yarimo'rta vaznda WBA chempionligini ham qo'lga kiritdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: