"Men Aleksandr Volkanovski bilan Sidneyda jang qilishga tayyorman. Iliya Topuriya jangdan tanaffus olib, keyin Ispaniyada jang qilmoqchi. SHunday ekan, keling, unga dam beraylik, Aleks bilan "vaqtinchalik" kamar uchun kurashamiz. Menga Volkanovskidan boshqa hech kim bilan jang qilish qiziq emas", deya Lopesning so'zlaridan iqtibos keltiradi MMA Junkie nashri.
Eslatib o'tamiz, Volkanovski so'nggi jangini 2024 yil fevralida Iliya Topuriyaga qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgandi va kamaridan ayrilgandi.