
Sentyabr oyida WBA yarim o'rta vazn toifasidagi chempion, litvalik Eymantas Stanionis hamda o'zbekistonlik majburiy davogar SHahram G'iyosov jangiga buyruq bergan edi.
Ammo bokschilarning jamoalari bir oy ichida jang sanasi, manzili va shartlari bo'yicha kelisha olmadi. Endilikda promouterlar o'rtasida kimoshdi savdosi tashkil etiladi.
Ochiq savdo 8 noyabr kuniga belgilandi.
G'iyosov so'nggi jangida meksikalik Migel Parra (22-4-1)ni mag'lubiyatga uchratgan edi. To'liq 10 raund davom etgan jangda hakamlarning ikki nafari SHahram, yana biri Parraning g'alaba qozonganini qayd etgandi. Bu bilan prof bokschimiz 16-jangida ham g'alaba qozongandi.
30 yoshli Stanionis esa prof boksda 15 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Janglarining 9 tasini muddatidan avval yakunlagan. Stanionis shu yilning may oyida ikki yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytib, reytingning to'rtinchi pog'onasida borayotgan venesuelalik 37 yoshli Gabriel Maestreni ochkolar (117-111, 118-110, 119-109) hisobida taslim etgan edi. Bu Gabriel uchun faoliyatidagi ilk mag'lubiyat bo'lgandi.

Bahodir Jalolov va Murodjon Ahmadaliev mashg'ulotlarni birgalikda davom ettiryapti (VIDEO)
Jeyk Pol - Entoni Joshua bilan jang haqida: "Men ikkita raundda g'alaba qozongandim"
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan intervyu