SportUz.Net
iks
ads

Isroil Madrimovning vaznidagi chempion: "Barcha kamarlarni birlashtib, o'rta vaznga o'tmoqchiman"

22.06.2021 19:20    


Rasmni yuklab olish

Isroil Madrimovning vazni - birinchi o'rta vazndagi chempion, amerikalik bokschi Jermell CHarlo o'rta vaznda jahon chempioniga aylanish niyatida.

Birinchi o'rta vazn toifasida WBC, WBA va IBF yo'nalishlari chempioni Jermell CHarlo 17 iyul kuni WBO chempioni Brayan Kastanoni mag'lub etib, mutlaq jahon chempioni bo'lishiga ishonmoqda.

SHundan so'ng, u o'rta vaznga o'tishni va egizak akasi Jermol CHarlo singari ushbu vaznda jahon chempioniga aylanishni niyat qilgan.

“Kastano nima taklif qilsa, men tayyorman. U nima qilsa ham men uning rejalarini buzaman. Bu mening ishim. Brayan Kastano ajoyib bokschi. U jang qiladi va to'xtamaydi. Ringga chiqib mutlaq jahon chempioni bo'lish uchun juda ko'p narsa talab etiladi va men ushbu jangda g'alaba qozonish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman.

17 iyul kuni g'alaba qozonsam, kamarlarni birlashtiraman va mutlaq chempion bo'laman, bu men uchun yana bir yutuq bo'ladi. Men davom ettirishni xohlayman. Akamning vaznida yana bir chempionlik unvonini qo'lga kiritmoqchiman. Biz ularni birinchi o'rta vaznda yutdik. Men ularni o'rta vaznda yutmoqchiman. Biz hali tugatmadik”, - dedi Jermell CHarlo.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: