SportUz.Net
iks
ads

Koreyalik Zombi Maks Xolloueyga "vyzov" tashladi

22.06.2021 11:00    


Rasmni yuklab olish

UFC'ning yarim engil vazn toifasidagi 4-raqamli jangchisi CHen Sung Jong Den Igeni mag'lubiyatga uchratganidan so'ng yaqinda jarohat tufayli Yair Rodrigezga qarshi jangni rad qilgan sobiq chempion Maks Xollouey bilan uchrashishni xohlaydi.

"Men Maks bilan jang qilmoqchiman - u nokaut qilishga qodir emas, lekin men qodirman. Men uni mag'lub etishim mumkin", - dedi Koreyalik Zombi MMA Junkii'ga bergan intervyusida. 

Agar Xollouey qulay vaqt ichida qaytib chempionlik uchun kurashga rozi bo'lsa va tashkilot Rodrigezni almashtirishga qaror qilsa, Koreyalik Zombi kurashishga tayyor.

"So'nggi jang menga chempion bo'lishimga ishonch bag'ishladi. Qisqasi, avvalo men kamarga sazovor bo'lishni xohlayman. Agar men titul jangini ololmasam, unda Maks bilan jang qilishga tayyorman, lekin men Yairni hurmat qilaman va agar ular allaqachon jang rejalashtirilgan bo'lsa, bu ikkalasining orasiga kirib qolishni istamayman", - dedi u.


SHu bilan birga, janubiy koreyalik jangchining murabbiyi Eddi CHa ESPN telekanaliga bergan intervyusida uning jangda jarohat olgani va shu sababli jangni muddatidan oldin tugata olmaganini aytdi.

"Bu uning jang oxirigacha davom etgan yagona g'alabasi va u bundan xafa bo'ldi", - dedi CHa. "Yana boshqa tarafdan, u elkasidan jarohat oldi - elkasi chiqib ketdi va keyin joyiga tushdi. Bu Aldo bilan to'qnashuvda sodir bo'lgandi. Bu haqda uning o'zi aytmaydi, shuning uchun men aytayapman. Ikkinchi raunddagi teykdaundan so'ng elkasi chiqib ketdi. Biz doimo unga qo'llarini balandroq ko'tarishini aytib baqirdik. Jangdan keyin u nima uchun qo'lini ko'tarolmaganini tushuntirdi", - dedi murabbiy. 




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: