SportUz.Net

Konor Makgregorning o'zbekistonlik sparring sherigi Xitoyda jang qiladi

15.10.2024 18:12    


Rasmni yuklab olish

26 oktyabr kuni Xitoyning Xenan provinciyasi, Zengzou shahrida MMA bo'yicha WLF 79 turniri o'tkaziladi.

Ahamiyatlisi, turnir doirasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi — Bahromjon Ro'ziev ham oktagonga ko'tariladi.

Ikkita vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregorning Dubaydagi sparring sherigi bo'lmish Ro'zievga xitoylik Regejen raqiblik qiladi.

Malumot uchun, Ro'ziev hozirga qadar 6 ta jang o'tkazib, 5 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Raqib hisobida esa 7 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat mavjud.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: