SportUz.Net
photo photo

"Mag'lubiyat tamini tatib ko'rmagan bokschi buyuk bo'la olmaydi". Boksimiz yulduzlari Bektemirning mag'lubiyatiga munosabat bildirishdi

21.06.2021 11:00    


Rasmni yuklab olish

O'zbek boks oilasi vakillari Bektemir Meliqo'zievning mag'lubiyatiga o'z munosabatlarini bildirib o'tishdi.

Rahmatjon Ro'zioxunov - terma jamoa katta murabbiyi: "Mag'lubiyat ham g'alaba ham Allohdan. Bazida kuchlilar ham shunday sinovlardan o'tishiga to'g'ri keladi, seni nimaga qodir ekanligingni biz yaxshi bilamiz. Oldinda InSHaOlloh chiroyli g'alabalar kutyapti, hali bu mag'lubiyat yutuqlaring soyasida qolib ketadi".


Farruh Qilichev - terma jamoa yordamchi murabbiyi:

"Nima deyishga ham hayronman. Bu boks-shunday. Hammasi Allohdan. Bektemirga sog'lik tilaymiz. In SHaa Alloh, hali hammasi oldinda, u kuchli ekanligini hammaga isbotlaydi . Bu boshqa bokschilarimizga dars bo'lishi kerak. Haddan ortiq o'ziga ishonish ham yaxshilikka olib kelmaydi. Inson biror narsaning ham yaxshi ham yomon tomoni borligini o'ylashi kerak, deb hisoblayman".


Aziz Abdug'ofurov - professional bokschi:

"Bektemir jangni yaxshi boshladi hama raundlarni yutayotgan edi. Boksda bunday holatlar kop uchraydi, bitta zarba ko'p narsani hal qiladi. Jangda biroz shoshildi, himoyani unitdi. Xudo xohlasa, keyingi janglarda Bektemir o'zini ko'rsatadi".


Qudratillo Abduqahhorov - professional bokschi:

"G'alaba ham mag'lubiyat ham Allohdan. Bek jangni yutayotgan edi. Buni barcha ko'rdi. O'ziga ishonch katta bo'lgani uchun himoyani biroz yoddan chiqardi. SHu sababli bu zarbani ko'rmay qoldi".


Iqboljon Xoldarov - bokschi:

"Bu boks va unda hamma narsa bo'lishi mumkin. Asosiysi, sinmaslik, ortga chekinmaslik. Hech qachon mag'lubiyat tamini tatib ko'rmagan bokschi buyuk bo'la olmaydi. O'ylaymanki, Bektemirning mag'lubiyati yanada kuchli bo'lib qaytishiga yordam beradi. In SHaa Alloh, kuchli bokschilarni engib, jahon chempioni bo'lganida bugungi mag'lubiyati yaxshilikka bo'lganiga amin bo'ladi".



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: