SportUz.Net
photo photo

World Boxing prezidenti: "O'zbekistondan qo'llov olganimdan xursandman"

08.10.2024 16:03    


Rasmni yuklab olish

Xalqaro boks federaciyasi IBA'ga muqobil tarzda tuzilgan World Boxing tashkiloti prezidenti Boris van der Vorst kuni kecha O'zbekistonda bo'ldi.

Niderlandiyalik funkcioner o'zbekistonlik mutasaddilar bilan uchrashuv haqidagi taassurotlarini bildirib o'tdi. 

O'zbekistonda boksni Olimpiya dasturida saqlab qolish missiyasi davom ettirildi. Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston boks federaciyasi bilan uchrashuv vaqtida bu mamlakatni Parij Olimpiadasidagi aqlbovar qilmas natija bilan tabriklash imkoni bo'ldi. Beshta oltin medal - XXI asrning eng zo'r natijasini takrorlash - shunchaki ajoyib. 

O'zbekiston sport vaziri Adham Ikramov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ vice-prezidenti, Tokio-2020 va Parij-2024 missiyasi rahbari SHerzod Toshmatov, MOQ vice-prezidenti Saken Polatov va O'zbekiston boks federaciyasining boshqa vakillari bilan bokschilarning Olimpiya orzusi muhimligi borasida muhokamalar olib bordik. World Boxing dunyoning boks tayanchlaridan biri hisoblangan O'zbekistondan qo'llov olganidan xursandman", - dedi Boris van der Vorst Instagramdagi sahifasida. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: