SportUz.Net
photo photo

Qozog'iston World Boxing'ni tanladi. O'zbekiston qanday yo'l tutadi?

03.10.2024 19:48    


Rasmni yuklab olish

Bugungi kunda Xalqaro boks associaciyasi va Xalqaro Olimpiya qo'mitasi o'rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelgani sir emas.

Yaxshi bilasiz, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi endilikda Xalqaro boks associaciyasi hisoblangan IBAni tan olmaydi va ikkita Olimpiadadirki, tashkilotni musobaqadan chetlatgan. 

Bu orada IBAga muqobil sifatida yangi tashkilot - World Boxing ham tuzilgan va ular o'zi uchun 42 ta yangi azo yig'ishga ham ulgurdi. 

2 oktyabr holatiga ko'ra World Boxing tashkilotiga azo mamlakatlar rasmiy saytda shunday ko'rsatilgan: 

World Boxing xalqaro federaciya maqomini olishi uchun 5 ta qitadan kamida 50 ta mamlakat milliy federaciyalarini azo sifatida qabul qilishi kerak. Katta ehtimol bilan yaqin vaqtlar ichida bu sodir bo'ladi. Agar tashkilot Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tomonidan tan olinsa, katta ehtimol bilan Los-Anjeles Olimpiadasining tashkiliy ishlariga "bosh-qosh" bo'ladi. Bu degani, faqat tashkilotga azo mamlakatlargina Olimpiadada qatnasha oladi.

Umar Kremlyov nafaqat Tomas Baxning manzili tomon "tosh otmoqda", balki IBAning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali ham allaqachon "hujum"ni boshlab yuborgan.

IBA o'zini World Boxing bilan taqqoslamoqda. Ushbu solishtiruvlardan bazilarini etiboringizga havola qilamiz. 

IBA: 192 ta milliy federaciya

World Boxing: IBAga bog'liq bo'lmagan 14 ta milliy federaciya


IBA: 100 dan ortiq moliyaviy qo'llab-quvvatlash dasturlari

World Boxing: moliyaviy qo'llab-quvvatlov yo'q


IBA: umumiy hisobda 25 ta vazn toifasi

World Boxing: erkaklar va ayollarnikini qo'shganda 10 ta vazn toifasi


IBA: ikki yil ichida 25 ta tadbir. 50 dan ortiq mamlakat vakillari qatnashdi

World Boxing: tadbirlar yo'q


IBA: atletlar uchun 20 million dollardan ortiq mukofot puli to'landi

World Boxing: mukofot pullari yo'q.


Darhaqiqat, IBA so'nggi paytlarda "CHempionlar oqshomi" turkumidagi musobaqalarni tashkil etmoqda va unda ishtirok etgan bokschilar moliyaviy tomonlama yaxshigina rag'batlantirilmoqda. O'zbek bokschilari ham bunday musobaqalarda muntazam tarzda ishtirok etib kelishmoqda. Bu tomonlama imkoniyat vakillarimiz uchun juda yaxshi. CHunki, Olimpiada va jahon chempionatida sovrindor bo'la olmagan sportchilarimizning bazilari mana shunday "CHempionlar oqshomi" orqali oz-ozdan bo'lsada, moliyaviy qo'llab-quvvatlovga ega bo'lishmoqda. Lekin, Olimpiada masalasi ham bor. 


Qo'shnilarimiz qaror qabul qilishdi

Bir necha kun oldin Qozog'iston boks federaciyasi World Boxing azoligi uchun ariza topshirganini malum qildi. Mamlakat boksi afsonasi, bugungi kunda Qozog'iston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti sifatida faoliyat olib borayotgan Gennadiy Golovkin esa World Boxing'da masul lavozimga ega bo'ldi: u tashkilotning Olimpiya masalalari bo'yicha komissiya raisi etib tayinlandi. Bu qanday lavozim, aynan qanday vazifalarni bajarishi haqida hozircha aniqlik yo'q. Lekin shunisi malumki, World Boxing tashkilotida eng yuqori lavozim - prezident hisoblanadi va hozirda ushbu vazifani niderlandiyalik Boris van der Vorst bajarmoqda. Uning shuningdek Kanada, Britaniya va Avstraliyadan o'rinbosarlari ham bor. 

O'zbekistonning poziciyasi qanday? 

Olimpiada oldidan O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyatiga shu mazmunda savol berilganida, barchasi Olimpiadadan so'ng hal bo'lishi aytilgandi. Avgust oyi oxirida Bangkokda Osiyo boks konfederaciyasining yig'ilishi o'tkazilgan va unda tashkilot azolari qatnashgan ovoz berish jarayoniga ko'ra, IBA'da qolish varianti tanlangandi. Oddiyroq qilib aytganda, "yoppasiga" IBA'da qolish varianti tanlangan. SHu tariqa, O'zbekiston ham IBA azosi sifatida qolgan. Demak, bundan xulosa qilish mumkinki, hozircha O'zbekiston boks federaciyasining yangi tashkilotga o'tish niyati yo'q va IBA variantida qolingan. Aslida aynan hozirgi kunda bu to'g'ri qaror ham, nazarimizda. Balki Olimpiadaga yaqin barchasi o'zgarib ketar. 

Yana bir qo'shimcha malumot sifatida shuni keltirib o'tish mumkin: 23 noyabr kuni Osiyo boks konfederaciyasi navbatdan tashqari kongress o'tkazadi va katta ehtimol bilan bu masala yana ko'tariladi.

SHuni unutmaslik kerakki, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi bir necha yillardan buyon boksni Olimpiada dasturidan chiqarib tashlash bilan tahdid qilib keladi. Los-Anjeles Olimpiadasining vikipediyadagi sahifasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, musobaqa dasturidan o'rin olgan sport turlari qatorida boksni ko'rmaymiz. Lekin bu rasmiy malumot emas va to'rt yil ichida vaziyat o'zgarishi mumkin. Agar World Boxing rasman xalqaro federaciya sifatida tan olinsa, Olimpiya o'yinlarida boks bahslarini tashkil etish huquqiga ega bo'lishi mumkin. XOQ bungacha IBA musobaqalarida ishtirok etgan bokschilar Los-Anjeles Olimpiadasida qatnashmasligini malum qilgan. Demak, agar vaziyat shu tarzda davom etadigan bo'lsa, O'zbekistonda ham World Boxing tashkiloti azoligiga o'tishdan boshqa imkon qolmaydi. Axir biz uchun Olimpiada muhim musobaqa. Boks esa Olimpiadada O'zbekiston uchun eng ko'p medal taqdim etuvchi sport turi hisoblanadi.


Aziz To'xtamurodov



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: