Dunyoga mashhur "T-Mobile" arenada o'tgan oqshomning markaziy jangida ikkinchi o'rta vazn toifasida WBC, WBA va WBO yo'nalishlari chempioni meksikalik Saul Alvares puertorikalik davogar Edgar Berlangani mag'lubiyatga uchratib, o'z kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.
Ushbu jang uchun 650 mingdan ziyod PPV, yani pullik translyaciyalar sotilgan. Jang chiptalari esa 17 million dollarga pullangan. Alvaresning bundan avvalgi Xayme Mungiaga qarshi o'tkazgan jangiga hozirgisidan 100 000 kam PPV sotilgandi.
Dmitriy Bivol: "UFC - monopol. SHu bois MMA jangchilari bokschilardan ancha kam daromad oladi"
Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi prof boksdagi bitta jangdan keyin faoliyatini yakunladi