"Men barcha unvonlarga erishib bo'ldim, barcha turnirlarda g'olib chiqdim. Ikki karra Olimpiya chempioni hamda Vel Barker kubogi sohibiman. Ehtimol bu orqali havaskor boks tarixidagi oxirgi bokschiga aylangandirman.
Agar men erishmoqchi bo'lgan biror yutuq bo'lsa, bu professional ringda jahon chempioni bo'lishdir. Men minimal vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni unvoniga majburiy davogarman. Jamoam bilan chempion bilan jang o'tkazish imkoniyatini muhokama qilyapman", dedi 31 yoshli Hasanboy Do'smatov.
Guskov: "Pereyra va Ankalaev o'rtasidagi revansh jangida hech qanday intriga ko'rmayapman"