SportUz.Net
iks
ads

Kambosos Lopesga qarshi bekor bo'lgan jangi haqida fikr bildirdi

17.06.2021 20:20    


Rasmni yuklab olish

IBF kamariga rasmiy davogar Jorj Kambosos Teofimo Lopesning koronavirus bo'lganiga munosabat bildirdi.

"Men juda xafa bo'ldim. 13 haftadan beri farzandlarimni ko'rmayapman. Homilador xotinim yonimda bo'lish uchun uchib keldi. Men butun hayotimni jangga tayyorgarlik ko'rishga sarfladim, - deydi AQSHda mashg'ulot o'tkazgan Kambosos, - shu hafta oxirida men shubhasiz chempion bo'lishim kerak edi. Men buni bilaman va siz buni bilasiz. Sizning harakatlaringiz va qarorlaringiz nafaqat bizning jangimizga, balki unda ishtirok etganlarning barchasiga tasir ko'rsatdi. Bizning vaqtimiz keladi va men sizga va butun dunyoga vada beraman, sodir bo'lgan barcha narsalar uchun sizni oldingisidan ham battar mag'lub etaman. Qanchalik qiyin bo'lsa ham, men hali ham yakuniy maqsadga etiborimni qarataman. Men jahon chempioni bo'laman. Qo'llab-quvvatlash uchun rahmat!", - dedi Kambosos.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: