
"Agar Darren Till men bilan jang qilishga tayyor bo'lsa, unda men ham tayyorman. Ammo, men chin dildan mana bu piyonista Paulo Kostani jazolashni xohlayman. Albatta, agar u ichkilikdan voz kechib jang qilishni xohlasa", - dedi Marvin Vettori.
Kosta esa tvitter orqali tezda javob qaytardi.
"Men mana bu tentak bilan jang qilishga tayyorman, agar u jangga huddi shunday ko'rinishda kelsa", - deb yozadi braziliyalik jangchi.
Vettori jangdan oldingi fotosessiyada maxsus shortiklarini teskari kiyib olgan holda suratga tushgandi. Kosta aynan shuni nazarda tutib, Vettorining ustidan kuldi.