SportUz.Net
logo

photo photo

Bahodir Jalolov Olimpiadada asosiy raqiblari kim bo'lishini aytdi

15.06.2021 16:20    


Rasmni yuklab olish

Osiyo boks konfederaciyasi matbuot xizmati O'zbekiston terma jamoasi azosi Bahodir Jalolov bilan intervyuni taqdim etdi.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati ushbu intervyuning o'zbek tilidagi variantini etiboringizga havola qiladi. 

"Bu safargi tayyorgarlik ham doimgidek yaxshi o'tdi. Musobaqaning darajasidan qati nazar, ishga doimo jiddiy yondoshamiz. Uch oy ichida bir necha marotaba formaga kirish oson emas. Osiyo chempionatida men 70 foiz kuch bilan ishladim. Men Olimpiya o'yinlarida 100 foiz kuch formada bo'laman. 

Osiyo chempionatidagi muhit menga yoqdi. Barcha obektlar bir joydaligi uchun ham bizga transportlar kerak bo'lmadi. Vazn o'lchash, ovqatlanish, texnik uchrashuvlar va boshqa jihatlar sportchilar uchun qulay qilib tuzilgandi. 

Biz barcha raqiblarimizni hurmat qilamiz. Ularni kuchli va tajribali sportchilardeb hisoblaymiz. Qozog'iston, masalan kuchli boks mamlakati. Mo'g'uliston ham yaxshi jamoa, bu safar Hindiston bizga ancha yaqin keldi. 

Bu qozog'istonlik raqibim - Kamshibek Konkabaevga qarshi 7-jangim bo'ldi. Bahs doimgidek qiyin o'tdi. Bu safar jismoniydan ko'ra, ko'proq psixologik kurash kechdi. O'zimga bo'lgan ishonch yuqori edi, chunki oxirgi ikkita musobaqada uni mag'lubiyatga uchratgandim, xech kimga mag'lub bo'lmayotgandim. So'nggi oylarda ruxiy tayyorgarlikka ham katta etibor qaratmoqdaman. 

Olimpiya o'yinlarida g'olib bo'lishni orzu qilaman va shu sababli Tokiodagi Olimpiadaga 100 foiz kuchim bilan tayyorlanaman. Boshqa xech qanday turnir yoki yig'inga bormaymiz. O'zbekistonda bahslarga tayyorgarlik ko'ramiz. 

Tokioda men uchun Qozog'iston, Rossiya, Kuba va Avstraliya bokschilari asosiy raqiblar bo'ladi. Ammo yuqorida takidlaganimdek, vazn toifamdagi barcha sportchilarni kuchli raqiblar deb hisoblayman. Olimpiya o'yinlaridan so'ng jahon chempionatida qatnashmoqchiman, keyin esa ko'ramiz", - dedi Bahodir Jalolov. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: