SportUz.Net
photo photo

Meyvezerning uyini to'nab ketishdi. Floyd o'g'rilik haqida malumot berganga katta pul vada qildi

14.06.2021 20:20    


Rasmni yuklab olish

Besh vazn toifasida sobiq chempion Floyd Meyvezer o'z instagram sahifasida Vegasdagi uyi to'nab ketilgani haqida malum qildi va o'g'ri haqida malumot bergan insonga 100000 dollar mukofot vada qildi.

"Uy bu inson uchun shaxsiy chegara, orom oladigan makon. Kimdir sizning ushbu chegarangizni buzishi, juda og'riqli va achinarli holat.

Las-Vegasdagi uylarimdan birini o'marib ketishdi. Ular men uchun juda qadrli bo'lgan buyumlarimni o'g'irlab ketishdi. Men esa hozir aynan shu o'g'rilik haqida qandaydir malumot, foydali xabar etkazadigan insonga eng kamida 100.000$ mukofot puli elon qilmoqchiman. Ushbu malumotni keltiruvchilarga oldindan rahmat", - deb yozadi Floyd Meyvezer.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: