SportUz.Net
iks
ads

UFC 263 ishtirokchilari vazn o'lchash marosimida hozir bo'lishdi + FOTO

12.06.2021 13:40    


Rasmni yuklab olish

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda UFC 263 turniri bo'lib o'tadi.

Kechaning asosiy jangi o'rta vazn toifasida UFC chempioni Israel Adesanya hamda davogar Marvin Vettori o'rtasida o'tkaziladi. Oqshomning asosiy jangidan oldingi to'qnashuv esa Deyvison Figeredo va Brendon Moreno o'rtasidagi eng engil vazn chempionligi uchun o'tkaziladi. 

Etiborlisi shundaki, asosiy kardda ajoyib jangchi Neyt Dias ham o'z qaytishini amalga oshiradi, uning raqibi esa Leon Edvards bo'ladi. 

Vazn o'lchash marosimi natijalari:

Israel Adesanya 183,5 funt (83,2 kg) — Marvin Vettori 184,5 (83,7 kg)

Deyvison Figeredo 125 funt (56,7 kg) — Brendon Moreno (56,7 kg)

Leon Edvards 170,5 funt (77,3 kg) — Neyt Dias 170 funt (77,1 kg)

Demian Mayya 170,5 funt (77,3 kg) — Belal Muxammad 170,5 funt (77,3 kg)

Pol Kreyg 204,5 funt (92,8 kg) — Jamal Xill 205,5 funt (93,2 kg).

Eslatma: CHempionlik uchun bo'lmagan janglarda limitdan 1 funt ko'proq vaznda bo'lish taqiqlanmagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: