Kovalyovning fikricha, super yarimo'rta vazn toifasida hamyurtimizning WBA chempionlik kamari va WBO vaqtinchalik kamari uchun kechadigan ushbu to'qnashuvida amerikalik engilmas bokschi Krouford favorit ekan.
"Albatta, Kroufordga ko'proq ustunlik beriladi, chunki u tajribali, iqtidorli, engilmas bokschi. U statistikadagi mag'lubiyat ustunida nolni ushlab turibdi, Isroil esa hozir juda motivacion holatda. Bu juda qiziqarli jang bo'ladi.
O'zbekistonlik bokschi hech qachon taslim bo'lishni istamaydi, shuning uchun u oxirigacha boks tushadi. Krouford bu hujumlarga dosh bera oladimi? Buni jang ko'rsatadi. SHuning uchun, bu erda, rostini aytsam, Krouford foydasiga 70/30 taxmin qilyapman. Bu taxmin xolos. Aslida qanday bo'lishini jang ko'rsatadi. Lekin har qanday holatda ham Isroilga yirik g'alaba va omad tilayman", - dedi Kovalyov.
Malumot uchun, Isroil Madrimov va Terens Krouford chempionlik jangi 3 avgust kuni o'tkaziladi.
Usik va Dyubua mutlaq chempionlik jangi orqali qancha gonorar ishlab olishi malum bo'ldi
Meksika mustaqilligiga bag'ishlangan Noche UFC turnirining asosiy jangi elon qilindi + POSTER
"Va-bankka boraman". Topuriya Oliveyrani qanday qilib finish qilmoqchi ekanligini aytdi
TUF 33 shousida Furqatbek Yoqubovni mag'lub etgan Alibi Idris hamyurtimizga murojaat qildi + VIDEO