
16 iyun kuni Qozog‘istonning Almati shahri MMA bo‘yicha professional jang kechasiga mezbonlik qiladi.
Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, "Oktagon" promoushenining navbatdagi turniri bo‘lib o‘tadi. Biz uchun ahamiyatlisi, hamyurtimiz Shohasan Mirzamatov ham Oktagonga ko‘tariladi. Unga mezbonlar vakili Alibek Seydazim raqiblik qiladi. Mazkur jang yarim o‘rta vazn (77 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Shohasanning professional janglardagi rekordi 1-1 ni tashkil etadi. Uning raqibida esa, bu ko‘rsatkich 2-0 ga teng. Fursatdan foydalanib, mazkur muhim jangda hamyurtimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Siril Gan Aspinall bilan jang qachon tashkil etilishi haqidagi savolga javob qaytardi
"Qanday qilib?" Joshua - blogerlar va bokschilar taqqoslanishiga munosabat bildirdi