SportUz.Net
photo photo

"Kichkina ahmoq". Konor Makgregor Iliya Topuriyani tanqid qildi

22.05.2024 18:57    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni Konor Makgregor yarimengil vazn toifasi chempioni Iliya Topuriya haqida keskin gapirdi.

"Nima uchun u haqida shunday deyayotganimni aytaman. CHunki u 2025 yilda eng ko'p daromad topuvchi sportchi bo'lishini aytdi. Hozir 2024 yil. 2025 yilning eng ko'p daromad topadigan sportchilari ro'yxati yaqinda tuzilishni boshladi. Bu degani - u 200-300 million dollar atrofida pul ishlashi kerak. Ahmoq bo'lma, yigit. 

U menga Artyom Lobovni eslatib yubordi. SHunchaki ahmoq, kichkina jinni. Yaxshi mashina ichida o'tirib olib, milliardlar haqida gapiradi va o'zini barcha narsani biladi deb o'ylaydi.

U gruzinmi? Ispanmi? Qaerdanligini ham bilmayman. Uning atrofida bo'layotgan shov-shuvlarni tushunmayman", - dedi Makgregor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: