SportUz.Net
iks
ads

Rasman. Fazliddin G'oibnazarovning 26 iyun kungi jangi tasdiqlandi

09.06.2021 08:20    


Rasmni yuklab olish

Havaskor boksda Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarov professional boksdagi navbatdagi jangini AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazadi.

Odatda birinchi yarimo'rta vazn (63,5 kg) toifasida faoliyatini olib borgan Fazlidin (9-1, 5 KO) 26 iyun kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida ringga ko'tariladi. 

CHarm qo'lqop ustamizning bizga xabar berishicha, G'oibnazarov shu kuni yarimo'rta vazn (66,7 kg) toifasida jang o'tkazadi va uning raqibi mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amerikalik Kuinton Rendell (8-0, 2 KO) bo'ladi. 

Avval xabar berganimizdek, Fazliddin G'oibnazarov ukrainalik sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko hamda yaponiyalik Masayoshi Nakatani boks oqshomining anderkardida ringga chiqadi. Ayni paytda bokschimiz Toshkentda murabbiyi Abror Tursunpo'latov qo'l ostida so'nggi mashg'ulotini o'tkazyapti. 

Malumot uchunm, Fazliddin G'oibnazarov shu kungacha prof boksda 10 ta jang o'tkazib, ularning 9 tasida g'alaba qozongan (5 ta nokaut), 1 marotaba mag'lubiyatga uchragan. Oxirgi jangini 5 dekabr kuni armanistonlik Manuk Dilanyanga qarshi o'tkazib, raqibini 8 raundlik jangda ochkolar evaziga mag'lub etgandi.

Uning raqibi esa professional boksda sakkizta jangda ishtirok etib, barchasida g'alaba qozongan. Hisobida ikkita nokautli g'alaba bor. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: