SportUz.Net
photo photo

WBO Beterbievga shart qo'ydi: Jarohatni tasdiqlovchi dalil taqdim etish yoki kamardan mahrum bo'lish!

10.05.2024 08:00    


Rasmni yuklab olish

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) yarimog'ir vazn toifasich chempioni Artur Beterbievga shart qo'ydi.

Agar Beterbiev belgilangan muddat ichida jarohat olganligini isbotlab beruvchi hujjat, dalil taqdim eta olmasa, shartnomada belgilangan barcha huquqlardan, birinchi navbatda chempionlik kamaridan mahrum bo'ladi. Artur tizzasidan jarohat (menisk dars ketish) olganini aytib, sentyabrgacha safdan chiqqanini malum qilgandi. Bu bilan uning hamyurti Dmitriy Bivolga qarshi multaq jahon chempionligi uchun belgilangan jangi ham bekor bo'lgan edi

"Beterbievga 10 kun muhlat beriladi. SHu belgilangan vaqt ichida u jarohatini tasdiqlovchi tibbiy hujjatlar, tiklanish va mashg'ulotlarga qaytish muddatlarini taqdim eta olmasa, kelishuvdagi barcha huquqlardan mahrum bo'ladi. Birinchi galda chempionlik kamaridan. Reglamentga ko'ra, vakant qolgan kamar uchun yangi davogarlar tayinlanadi", — deyiladi WBO bayonotida. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: