SportUz.Net
photo photo

Olimjon Nazarov va Abdurasul Ismoilov Toshkentga qaytib keldi

07.05.2024 17:19    


Rasmni yuklab olish

Biroz avval professional bokschilarimiz Koreya Respublikasi poytaxti Seul shahridan yurtimizga qaytib kelishdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida bokschilarimizni kutib olish marosimi tashkil etildi. Unda O'zbekiston professional boks federaciyasi mutasaddilari, "Favzul Munavvar" promouterlik kompaniyasi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda bokschilarning oila azolari ishtirok etishdi. 

Eslatib o'tamiz, Koreyaning Gohyong shahridagi "Paryeong Gymnasium" majmuasida "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu prof boks oqshomida Olimjon Nazarov va Abdurasul Ismoilov ham o'z janglarini o'tkazishdi. 

Engil vazn toifasidagi Abdurasul Ismoilov (11-2-1)ga filippinlik 26 yoshli Al Toyogon (14-9-3) raqiblik qildi. Sakkiz raundlik jang to'liq davom etdi va unda hakamlarning qarori bilan durang natija qayd etildi. 

O'ta engil vazn toifasida WBO Oriental kamari sohibi Olimjon Nazarov (31-5-0) esa tailandlik Saravut Jiamtong (11-5-0) bilan to'qnash keldi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang o'ta engil vazn toifasida vakant bo'lib turgan WBO International kamari uchun kechdi. Jangning uchinchi raundida Nazarov raqibini nokautga uchratib, o'z kamarlari sonini 2 taga etkazib oldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: