SportUz.Net
photo photo

Bogdan Guskov Entoni Smit bilan jang qilmoqchi

07.05.2024 15:38    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov qiyofadoshi Entoni Smitga qarshi jang qilmoqchi.

"Kim bilan jang qilishni istayman? Men familiyani UFC 301 turniridagi Petrino - Smit jangidan keyin aytmoqchi edim. 

Jang boshlanganida Smitning imkoniyatini pastroq baholagandim, ammo jang boshlangach, u raqibini eb tashladi. 

Hozirga kelib, Smit men uchun qiziq. Jangimdan so'ng men atayin xech kimni aytmagandim, chunki Braziliyadagi jang qanday o'tishi qiziq edi. Nima uchundir, agar Petrino g'alaba qozonsa, navbatdagi jangimni unga qarshi o'tkazaman deb o'ylagandim", - dedi Bogdan Guskov. 

Eslatib o'tamiz, o'sha jangda Entoni Smit 1-raundda raqibini bo'g'ish evaziga mag'lub etgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: