SportUz.Net
photo photo

Bugun 10 nafar bokschimiz Osiyo chempionligi uchun ringga ko'tariladi

07.05.2024 10:38    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonning Almati shahrida o'tkazilayotgan boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi qita birinchiligida final janglariga navbat etib keldi.

Kecha o'smirlar o'rtasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'lgan edi. Bugun Osiyo chempionatining so'ngi kuni 22 yoshgacha bo'lgan bokschilar o'rtasida hal qiluvchi final janglari o'tkaziladi. Osiyo chempionligi uchun 10 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi. Final janglari bizning vaqt bilan soat 12:00da boshlanadi.

Final juftliklari:

-48 kg: Farzona Fozilova - Guddi (Hindiston)

-51 kg: Asilbek Jalilov - Kenje Muratuli (Qozog'iston)

-52 kg: Feruza Kazakova - Anita Adisheva (Qozog'iston)

-63,5 kg: Abdulloh Madaminov - Erasil Tankay (Qozog'iston)

-66 kg: Aysanem Saruarova - Aknar Ishanova (Qozog'iston)

-75 kg: Ummataliev Javohir - Dias Moljigitov (Qozog'iston)

-75 kg: Aziza Zokirova - Muskan (Hindiston)

-86 kg: Samandar Jalolov - Temirlan Mukataev (Qozog'iston)

+81 kg: Diyoraxon Abdumannobova - Eldana Talipova (Qozog'iston)

+92 kg: Jahongir Zokirov - Amanat Sabirgali (Qozog'iston) 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: