SportUz.Net
photo photo

Muhammad Mokaev navbatdagi jangi sanasi va manzilini elon qildi

07.05.2024 08:38    


Rasmni yuklab olish

O'ta engil vazn toifasida asli dog'istonlik, hozirda Buyuk Britaniya nomidan oktagonga chiqayotgan Muhammad Mokaev keyingi jangi haqida gapirdi.

"27 iyul kuni Manchesterda jang qilaman. Raqib kim ekanligini hozircha ayta olmayman. Ammo u Top-10`talikdan. U yaxshi jangchi. G'alaba qozonganimdan keyin Dana Uaytdan chempionlik jangini so'raymanmi? UFC agar xohlasa... 

Men Alexandre Pantoyya bilan sparringlar o'tkazganman. Balki, yosh bo'lganim uchun UFC menga titul jangini berishga shoshilmayotgandir. Barcha Top jangchilarni mag'lub etib, o'z imkoniyatimni kutaman", - dedi Mokaev.

Eslatib o'tamiz, Muhammad Mokaev o'zining so'nggi jangini davogar Aleks Peresga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: