SportUz.Net
photo photo

Bogdan Guskov UFC chempionlik kamari uchun jang qilish niyatida

30.04.2024 10:19    


Rasmni yuklab olish

Yarimog'ir vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov so'nggi jangidan keyin jurnalistlar uchun intervyu berdi.

U yakshanba tongida amerikalik Rayan Spenni nokaut evaziga mag'lub etgan edi.

"So'nggi olti oy ichida uchta jang o'tkazdim. Barcha raqiblarim Top-10 vakillari edi. Men endi ozgina tiklanib olmoqchiman. Keyin esa yangi kuchlar bilan cho'qqini zabt etishda davom etaman. Ehtimol, UFC rahbariyati menga chempionlik kamari uchun jang qilish imkoniyatini berar. Bu men uchun katta imkoniyat bo'lardi. O'z navbatida, men qo'limdan kelganini qilyapman. Men har safar shou ko'rsataman", - dedi Guskov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: