SportUz.Net
photo photo

Frensis Ngannuning bir yarim yoshli farzandi vafot etdi

30.04.2024 08:57    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni, kamerunlik Frensis Ngannuning oilasida judolik.

Ngannuning 18 oylik farzandi olamdan ko'z yumdi. Hozircha bunga nima sabab bo'lgani nomalum.

Frensisning o'zi ijtimoiy tarmoqlarda quyidagicha xabar qoldirdi: 

"13.01.2023 - 27.04.2024. Agar biz uchun juda qattiq kurashgan narsa bizga eng ko'p zarar keltirsa, hayotning manosi nimadan iborat? Nega hayot shunchalik adolatsiz? Nega u shunchalik adolatsiz va shafqatsiz? Men bundan juda charchadim".



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: