SportUz.Net
photo photo

Azamat Nuftillaevning navbatdagi jang sanasi malum. Hamyurtimiz Parijda jang qiladi!

30.04.2024 08:38    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Azamat Nuftillaevning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.

Hamyurtimiz 14 iyun kuni oktagonga qaytadi. U keyingi jangini ham Franciyaning Parij shahrida tashkil etiladigan Ares FC 23 turniri doirasida o'tkazadi. Hozircha Nuftillaevga kim raqiblik qilishi nomalum.

Malumot uchun, hamyurtimiz faoliyati davomida 17 ta jang o'tkazib, 15 g'alaba, 1 ta durang va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Nuftillaev oxirgi jangini 2023 yil oktyabr oyida Open FC 35 turniri doirasida Edivan Santosga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: