SportUz.Net
photo photo

Olimpiada hamda uch karra jahon chempioni Madrimov - Krouford oqshomida jang qilishi mumkin

29.04.2024 11:57    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, 3 avgust kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida navbatdagi boks oqshomi tashkil etiladi.

Uning markaziy jangida superyarim o'rta vaznda WBA chempioni Isroil Madrimov AQSH vakili Terens Kroufordga qarshi ringga chiqadi.

Oqshom doirasida Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni, uch karra jahon chempioni, kubalik Endi Kruzning ham jang qilishi kutilmoqda. Unga prof faoliyatidagi to'rtinchi jangida meksikalik charm qo'lqop ustasi Antonio Moran (30-6-1) raqiblik qiladi. 

Bu haqda International Boxing News nashri xabar bermoqda. Jang Kruzning IBF International kamari uchun o'tkaziladi. Endi Kruz prof ringda hozirgacha  uchta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: