SportUz.Net
photo photo

Isroil Madrimov O'zbekistonga qaytdi + FOTO

29.04.2024 10:38    


Rasmni yuklab olish

Superyarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishida jahon chempioni Isroil Madrimov yurtimizga qaytib keldi.

Xabaringiz bor, 24 aprel kuni Nyu-York shahri (AQSH)da 3 avgust kuni o'tkaziladigan Terens Krouford - Isroil Madrimov jangi oldidan rasmiy matbuot anjumani o'tkazilgan. Hamyurtimiz ushbu tadbirda ishtirok etib, raqibi bilan ilk bor yuzma-yuz kelgandi.

Bokschimiz 27 aprel kuni Toshkent shahrida o'tkazilgan ijtimoiy tadbirlardan birida qatnashdi. Ahamiyatlisi, ushbu tadbirda yana bir hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev, rossiyalik taniqli bokschi Sergey Kovalyov hamda dunyoga mashhur aktyor Skott Edkins ham ishtirok etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: