SportUz.Net
photo photo

UFC tarixida ilk bor ayol anonser ishladi + FOTO

29.04.2024 10:19    


Rasmni yuklab olish

Kecha AQSHning Las-Vegas shahrida UFC Vegas 91 turniri tashkil etilgan edi.

Ushbu turnir doirasida UFC tarixida ilk bor ayol kishi oktagon-anonseri vazifasini bajardi. Bu ishni 2022 yildan buyon UFC muxbiri sifatida ishlab kelayotgan CHarl Arnolt amalga oshirdi.

Jurnalist Jon Morganning xabar berishicha, musobaqaning rasmiy oktagon-anonseri Jo Martines o'zini yomon his qilgani tufayli o'z ishini yakunlay olmagan. SHunda rahbariyat CHarliga Joning o'rnini egallashni taklif qilgan. CHarli Arnolt turnir doirasida Ariane Lipski - Karina Silva, Bogdan Guskov - Rayan Spenn janglarida ish olib bordi.

Malumot uchun, musobaqa doirasida amerikalik Rayan Spennga qarshi jang qilgan hamyurtimiz Bogdan Guskov ikkinchi raundda nokaut orqali g'alaba qozondi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: