SportUz.Net
photo photo

Saidjamshid Jafarov ishtirokidagi jang to'liq davom etdi

28.04.2024 06:19    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonning Almati shahridagi "Baluan-SHolak" majmuasida boks bo'yicha "IBA CHempionlar oqshomi" musobaqasi o'tkazildi.

Turnirning markaziy jangi hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov hamda mezbon bokschi Talgat SHayken o'rtasida kechdi. Aslida Jafarov ushbu boks oqshomida qozog'istonlik Olimpiada chempioni Daniyar Eleussinovga qarshi ringga ko'tarilishi lozim edi. Ammo Eleussinovning jarohati raqib o'zgarishiga sabab bo'ldi. 

To'liq davom etgan jangda charm qo'lqop ustamiz Talgat SHaykenga prof faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni taqdim etdi. Jafarov hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozonib, IBA chempionlik kamari sohibiga aylandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: