SportUz.Net
iks
ads

Floydning gonorari Poldan 40 barobarga ko'p bo'ldi

07.06.2021 10:40    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, bugun tongda ko'rgazmali ko'rinishdagi boks shousi bo'lib o'tdi.

AQSHning Florida shtati Mayami shahridagi Hard Rock Stadium arenada o'tgan ushbu oqshomning markaziy jangida beshta vaznda sobiq jahon chempioni, amerikalik 44 yoshli afsonaviy Floyd Meyvezer 26 yoshli bloger Logan Polga qarshi ringga ko'tarildi. 

Sakkiz raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda g'olib aniqlanmadi. Avvaldan jang to'liq davom etsa, g'olib ochkolar hisobiga ko'ra elon qilinmasligini aytilgan edi. Umumiy qaraydigan bo'lsak, jang davomida Meyvezerning ustunligi sezilib turdi. 

Floyd Meyvezer bugungi jangidan kafolatlangan 10 million dollar gonorar ishlab oldi. U shuningdek, pullik translyaciyadan tushadigan daromadning 50 foiziga ham ega chiqadi. Pol esa 250 ming dollarga ega bo'ldi. Uning translyaciyalardan oladigan ulushi 10 foizni tashkil etadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: