Hard Rock Stadium arenada o'tgan kechaning markaziy jangida amerikalik afsonaviy bokschi, beshta vaznda sobiq jahon chempioni, 44 yoshli Floyd Meyvezer 26 yoshli bloger Logan Polga qarshi ringga ko'tarildi. Sakkiz raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi.
Qoidaga ko'ra, agar jang to'liq davom etsa, g'olib nomi elon qilinmas edi. SHu bilan birga nokdaun va nokautga ruxsat ham berilgandi. Jang biroz kutilmaganda to'liq davom etdi va kelishilganidek, g'olib elon qilinmadi. SHou o'z nomiga yarasha o'tdi.
Darvoqe, Floyd raqibidan 15 santimetrga pastroq va 15 kilogrammga engilroq edi. Aniqrog'i, Floyd 70,3 kg (155 funt), Pol esa 85,7 kg (189.5 funt) vazn toifasida ringga ko'tarilishdi.
Iliya Topuriya: "Hammasi menga bog'liq bo'lganida, 13 iyul kuniyoq Maxachev bilan jang qilardim"