SportUz.Net
photo photo

Bo Nikalning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum

25.04.2024 15:19    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasida amerikalik UFC jangchisi Bo Nikalning navbatdagi jangi tafsilotlari oshkor bo'ldi.

Bo Nikal (6-0-0) o'zining keyingi jangini 2 iyun kuni Nyuark shahri (AQSH)da tashkil etiladigan UFC 302 turniri doirasida o'tkazadi. Unga o'sha kuni Jeykob Malkun (8-3-0) raqiblik qiladi.

UFC 302 turnirining markaziy jangi esa engil vazn chempioni Islam Maxachev hamda davogar Dastin Pore o'rtasida kechadi.

Eslatib o'tamiz, Bo Nikal o'zining so'nggi jangini UFC 300 turniri doirasida Kodi Brendeyjga qarshi o'tkazib, ikkinchi raundda sabmishen orqali zafar quchgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: